Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Ishbilarmon ayol” loyihasi – amaliyotdagi samaradorlik

  “Xalq bilan birga” umummilliy dasturida belgilangan “Ishbilarmon ayol” loyihasi doirasida tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonasida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Oribjon Tupayev, Zarifaxon Mahkamova, Nasibaxon Imomaliyeva, Lazizjon Usmonov va O‘zLiDeP tuman kengashi apparat rahbari Dilfuzaxon Nishonova xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning iqtisodiy faolligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar. 

O‘rganish olib borgan deputatlar tomonidan “Brother and Sister” tikuvchilik korxonasi rahbari Yoqutxon Rahmonovaning mehnat faoliyati va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tashabbuslari mahallada aholi bandligini ta’minlash hamda oilalar farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgani
e’tirof etildi.
 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1