Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

162 ta qonun

🌉 Muzbuloqda oʻquvchilar xavfsizligi uchun koʻprik qurish masalasi oʻrganildi
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati Sh.Sodiqov, tuman FVB boshligʻi oʻrinbosari T.Adizov, “Muzbuloq” MFY raisi S.Nurmanov va qishloq oqsoqoli B.Tajiqulov ishtirokida hududda amaliy oʻrganish oʻtkazildi.
Ishchi guruh “Muzbuloq” MFY tarkibidagi Jillibuloq qishlogʻi oʻrtasidan oqib oʻtuvchi “Sangzor daryosi” holatini koʻzdan kechirdi.
Oʻrganishning asosiy maqsadi:
🏫 Daryo ustidan 22-sonli maktabga qatnovchi oʻquvchilar uchun xavfsiz piyodalar koʻprigini barpo etish;
⛈ Yogʻingarchilik va sel mavsumida bolalar qatnovida yuzaga keladigan xavflarni bartaraf etish.
Uchrashuvda koʻprik qurilishi boʻyicha dastlabki choralar muhokama qilinib, tegishli tashkilotlarga taqdim etish uchun loyiha takliflari belgilab olindi.

Slide 1 of 4