Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat murojaatlarni nazoratga oldi

👥 Deputat qabulida infratuzilma masalalari koʻrib chiqildi
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati N.Norqulovning navbatdagi fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi. Muloqot davomida aholini qiynayotgan dolzarb muammolar va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid takliflar tinglandi.
Qabul davomida asosan quyidagi infratuzilma masalalari muhokama qilindi:
🛣 Ichki yoʻllarga asfalt qoplamasi yotqizish;
⚡️ Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida yangi tarmoq (SIP) kabellari tortish;
🚜 Yoʻllarning qatnov qismini yaxshilash uchun shagʻallashtirish ishlarini tashkil etish.
Koʻtarilgan murojaatlarni hal etish maqsadida deputat tomonidan tegishli tashkilotlar va mutasaddilarga soʻrovlar yuborilishi belgilandi hamda masalalar ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 3