Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Zoirova tomonidan 23-Xalqobod saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqaroning sog‘lig‘i yomonlashgani to‘g‘risidagi murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
✅️O‘rganish davomida fuqaroning salomatlik holati bilan yaqindan tanishilib, uning tibbiy yordamga ehtiyoji borligi aniqlandi. Shundan so‘ng, tegishli tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilib, fuqaroga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.
✅️Shuningdek, fuqaroning sog‘lig‘ini tiklash, zarur tibbiy ko‘rik va davolanish jarayonlarini tashkil etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda holat nazoratga olindi.
✅️Ta’kidlash joizki, Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.