Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Sardoba tumani Quyitosh MFY, 12-madaniyat okrugidan saylangan deputat Umarov Jasurbek tomonidan Toshkent shahrida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumni tamomlayotgan oʻquvchilarning ota-onalari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida bitiruvchilarning amaliyot oʻtash jarayonlari, mehnat bozoriga moslashuvi, ish bilan ta'minlanish imkoniyatlari hamda ularning mehnatga layoqati bilan bogʻliq mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi. Ota-onalar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglanib, har bir masala yuzasidan aniq tushuntirishlar berildi. Shuningdek, bitiruvchilarni qoʻllab-quvvatlash, ularni munosib ish oʻrinlari bilan ta'minlash va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish mexanizmlari haqida ma'lumotlar taqdim etildi.

Slide 1 of 2