🔘Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati D.Saidova "Amir Temur" MFYdagi elektr taʼminotida kuzatilayotgan uzilishlarning oldini olish hamda elektr energiyasi kuchlanishini meʼyorida saqlash masalalarini o‘rgandi.
🔘Hududdagi mavjud muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish maqsadida Jizzax shahar elektr taʼminoti korxonasi rahbariga deputatlik so‘rovi yuborildi. Mazkur so‘rov ijrosi deputat tomonidan qatʼiy nazoratga olindi.