Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#murojaat #ijobiy
#murojaat
#ijobiy

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati K. Yodgorovaga Xo‘jabargi MFY fuqarosi tomonidan qabristondagi drenaj masalasida murojaat qilingan edi.
Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqildi. Natijada murojaat ijobiy hal etilib, Obodonlashtirish bo‘limi tomonidan qabristonga drenaj o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni amaliy hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 4