Yig‘ilish davomida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, ularni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, murojaatlarda ko‘tarilayotgan tizimli muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan murojaatlar bilan ishlashda ochiqlik, shaffoflik, qonuniylik va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlandi.
Mazkur jarayon “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirildi.
✅ Maqsad — fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud muammolarga qonuniy yechim topish hamda davlat organlari faoliyatida ochiqlik va mas’uliyatni kuchaytirishdir.