39-sonli maktabdagi qurilish-rekonstruksiya ishlari yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 7-"Oyqor" saylov okrugidan saylangan deputat Kattabekov Erkin Axmurodovich tomonidan joylarda ijro nazorati tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, deputat O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–393-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Baxmal tumani “Oyqor” mahalla fuqarolar yig’inida bo‘ldi. Tashrif davomida mahalladagi 39-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish hamda unga qo’shimcha yangi bino qurish jarayonlarining borishi bevosita nazorat qilindi.
Ushbu loyiha 2026-2028-yillarda respublikamizning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bo‘lib, kelgusida hudud yoshlarining zamonaviy sharoitlarda ta'lim olishiga xizmat qiladi.