Ichimlik suvi ta’minoti deputatlar nazoratida
✅Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026-2028-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-393-sonli qaroriga asosan Oʻsmat, Do’stlik, Fayzabod mahallasini toza ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlash maqsadida yangi suv quvurlarini yotqizish ishlari deputat nazoratida.
✅Mazkur ishlarning bajarilishi Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Amanov, Xalq deputatlari Jizzax viloyati Baxmal tumanidan saylangan deputati U.O’razbayev tomonidan nazorat o’rnatilib quvur yotqizish jarayoni o‘rganilib, aholi uchun qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.