O‘rganishdan maqsad mahalla raisi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosini ta’minlash, xususan, hududdagi ko‘p qavatli uylarning bugungi holatini tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.
Jarayonda ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari holati, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining sozligi, bolalar maydonchasi holati atrof-muhit obodonchiligi va aholi uchun yaratilgan umumiy qulayliklar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish va infratuzilma bilan bog‘liq bir qator kamchiliklar aniqlandi.
Mazkur aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi va ijrosi qat'iy nazoratga olinishi belgilandi.