Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yoshlar maslahat guruhi a'zolari faoliyati to'g'risida

Yoshlar maslahat guruhi a'zolari faoliyati to'g'risida

Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Boboqozoqov Diyorbek tomonidan “Mahalla ligasi” sport musobaqalari doirasida stol tennisi bo‘yicha bahslar tashkil etildi. Musobaqalar aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Unda mahallalarning 30 yoshdan yuqori sportsevar fuqarolari faol ishtirok etib, stol tennisi bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.
Mazkur musobaqalar aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, jismoniy faollikni oshirish, shuningdek, mahallalarda do‘stlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2