Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida

Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O’rolova Dilrabo tomonidan Mustaqillik mahallasida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar ishtirokida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati va uning amaliy ijrosi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar. Bunday uchrashuvlar xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda jamiyatda zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2