Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat va hokim o‘rinbosari saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Deputat yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Keksalar nogironligi bo‘lgan va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi O‘RQ -415 sonli Qonuni ijrosi haqida
янв.21
“O’zbekiston Respublikasi Chiqindilar to’g’risi”dagi 362-II sonli Qonuni ijrosi to’g’risida
янв.21
Baxmal tumanida yer — xazina, undan oqilona foydalanish — burch!
янв.21
📌 PILLACHILIK — DAROMAD VA BANDLIK MANBAI
янв.21
“Deputat fuqarolarni qabul qildi”
янв.21
Tabriknoma
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati saylovchilar oldida hisobot berildi.
Senatorlar va mahalliy Kengashlarning samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan

Joriy yilning 15 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Zumrad Bekatova hamda Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi Ismigul Xushmurodova tomonidan Dehqonobod tumanida targ‘ibot tadbiri va amaliy o‘rganishlar o‘tkazildi.

Xususan, Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputatlari hamda siyosiy partiyalar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Dehqonobod tuman hokimi Sherzod Shokirov, tuman Kengashi kotibiyati xodimlari ham ishtirok etdi.

🔹 Tadbir davomida:

Senatning 14-yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar, jumladan, ushbu majlisda muhokama qilinib, maqullangan qonunlar yuzasidan qisqacha axborot berildi;

Hudud deputatlari tomonidan amaliy taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Shundan keyin, Senatga kelib tushayotgan murojaatlarni joyida o‘rganish, tezkor va samarali hal etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

📍 Jumladan, Dehqonobod tumani Oqrabot mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaat tuman hokimi, murojaatda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutasaddilar, mahalla faollari hamda tegishli tashkilotlar vakillari va murojaat qilgan fuqarolarning vakillari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasida murojaatda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilgani, masala deyarli o‘z yechimini topgani hamda ayni paytda yakuniy tasdiqlash bosqichida ekani ma’lum qilindi.

Eng muhimi, murojaat qilgan fuqarolarning murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilayotgani va uni hal qilish bo‘yicha masullar ular istirokida holatni to‘liq o‘rganib chiqib, hal qilish yuzasidan ko‘rilayotgan choralardan xabardor ekanini aytib, minnatdorchilik bildirdi.

✅Yanada ahamiyatlisi, bunday amaliy o‘rganishlar orqali murojaatlar shunchaki ko‘rib chiqilmayapti, balki joyida hal etish, muammolarni tizimli bartaraf qilish mexanizmi shakllanmoqda.

📊 Bu esa aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda

Slide 1 of 9