📌 Deputat yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Uralova Dilrabo Erkinovna "Mustaqillik" MFYda bo‘lib, mahalladagi yoshlar yetakchisining ish faoliyatini o'rgandi.
O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:
✅ "Yoshlar daftari" bilan ishlash tizimi;
✅ Uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
✅ Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.
Suhbat davomida deputat yoshlar yetakchisiga mahalladagi yoshlarning muammolarini manzilli hal etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.
Mahalla hayotidagi o‘zgarishlar va yoshlar bilan ishlash jarayonlari deputatlik nazoratida.