Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat va hokim o‘rinbosari saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Deputat yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Keksalar nogironligi bo‘lgan va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi O‘RQ -415 sonli Qonuni ijrosi haqida
янв.21
“O’zbekiston Respublikasi Chiqindilar to’g’risi”dagi 362-II sonli Qonuni ijrosi to’g’risida
янв.21
Baxmal tumanida yer — xazina, undan oqilona foydalanish — burch!
янв.21
📌 PILLACHILIK — DAROMAD VA BANDLIK MANBAI
янв.21
“Deputat fuqarolarni qabul qildi”
янв.21
Tabriknoma
янв.21
Xalq deputatlari tuman kengashi deputati saylovchilar oldida hisobot berildi.
KENGASH QARORLARI IJROSI - DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R.Sultonov tomonidan Yangi yo‘l mahalla fuqarolar yig‘inida infratuzilmani yaxshilash maqsadida tuman Kengashining tegishli qarorlari asosida ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, hudud aholisini uzoq yillar davomida qiynab kelgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilgani aniqlandi. Jumladan, mahalla hududiga zamonaviy transformator o‘rnatilib, elektr uzatish tarmoqlari yangilandi hamda tayanch ustunlari almashtirildi.

Shu bilan birga, hududni obodonlashtirish borasida ham muhim ishlar amalga oshirilib, ichki ko‘chalarda asfaltlashtirish ishlari bajarildi.

Mazkur ishlar aholi turmush sharoitini yaxshilash va hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3