Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Chinoz tumani. Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o'rganildi.

Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, ta’minlash ustuvor vazifalarimizdan biridir.

📌 10-Birlashgan saylov okrugi deputati D.Teshaboyev tumandagi Yollama MFY hududida joylashgan 63-sonli Oilaviy shifokorlik punkitida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holatini o‘rgandi.

🔍 O‘rganish davomida quyidagilar ma’lum bo‘ldi:

Mahalla ahli uchun tibbiy xizmat ko‘rsatish nuqtasida birinchi tez tibbiy yordam berish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan;

Tibbiyot punkti kerakli jihozlar va dori-darmonlar bilan ta’minlangan;

Bemorlarni qabul qilish va ko‘rikdan o‘tkazish uchun xonalar shay holatga keltirilgan.

✅ Muloqot davomida tibbiyot xodimlari bilan aholi o‘rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish, ayniqsa, keksalar va bolalar salomatligiga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha fikr almashildi.

Slide 1 of 3