DEPUTAT AXBOROTI: AHOLI BANDLIGI VA HUDUD OBODONCHILIGI — USTUVOR VAZIFA
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Norqulov “Fidakor” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashdi.Uchrashuv davomida 2026-yilning I-choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi. Deputat N.Norqulov o‘z nutqida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lida bajarilgan ishlar hamda tegishli tashkilotlarga yuborgan deputat so'rovlari, 6 marotaba doimiy komissiya yig'ilishlarida ishtirok etganini va 3 marta Kengash sessiyalarida qatnashib o'zining saylov okrugidagi muammolarni xal etish borasida takliflar berilganligi haqida batafsil ma’lumot berdi.Kelgusida ham aholi bandligini ta’minlash deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishini ta’kidlab o‘tdi. Yoshlar, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish muhim vazifa sifatida belgilandi.