Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

⚡️ DEPUTAT SO‘ROVI NATIJA BERDI:

⚡️ DEPUTAT SO‘ROVI NATIJA BERDI: 

Deputat faolligi — aholi farovonligi garovidir. Avval xabar berganimizdek, Baxmal tumani “Bog‘ishamol” va “Istiqlol” mahallalaridagi sayyor qabulda “Xalqsevar” hamda “Navro‘z” ko‘chalari aholisi gaz bosimi pastligidan shikoyat qilgan edi.

✅ Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati F.Anorboyev tomonidan masalani hal etish yuzasidan gaz ta’minoti korxonasiga yuborilgan deputatlik so‘rovi ijobiy natija berdi.

Murojaat e’tiborsiz qolmadi:

📍 Mutaxassislar tomonidan hududdagi tartibsiz tortilgan tarmoqlar qayta ko'rikdan o'tkazildi;

📍 Gaz bosimini me’yoriga keltirish bo‘yicha texnik ishlar bajarilmoqda;

📍 Aholi xonadonlariga tabiiy gaz barqaror yetib borishi ta’minlandi.

Xalq ishonchini oqlash, har bir murojaat ortida inson qadri yotganini his qilish — deputatlik faoliyatining asosiy mezonidir.

Xalq bilan muloqot davom etadi!

Slide 1 of 3