Yangiliklar

“Deputat mahalla raisi va aholisiga bergan va’dasida turdi”

Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining “Haftalik ish rejasi” ijrosi bo‘yicha deputat M.T.Ruziyeva “Qo‘yliq ota” MFYda mahalla raisi Difluza Qodirova bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda rais tomonidan mahallani ichki ko‘chalarini ta’mirlash, asfalt yotqizish ishlari qachon boshlanadi degan savolga deputat M.Ruziyev Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining sessiyasida “Mirobod tumanidagi ichki xo‘jalik yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori haqida ma’lumot bergan edi.

Shuningdek, mahalla raisi D.Qodirova tomonidan ichki ko‘chalarini ta’mirlash, asfalt yotqizish ishlari deputat o‘z nazoratiga olishi masalasida murojaat qilgandi.

Ushbu masalani hal etish borasida deputatning faolligi natijasida masala tez orada ijobiy yechimini topdi.

Deputat faoliyatidan asosiy maqsad aholining muammolarini o‘rganish, samarali muloqot o‘rnatish va amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash

Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/

Slide 1 of 1