Yangiliklar

Chinoz tumani. Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o'rganildi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Nargiza Abdukadirova tumandagi "Ahillik" mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.

📝 O‘rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning muammolari ehtiyojlari tahlil qilindi.

📊 Aniqlanishicha:

🔹 Ayollar daftarida ro‘yxatda turuvchi xotin-qizlar soni — 128 nafar

🔹 Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar — 3 nafar

🔹 Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar — 8 nafar

🔹 Tibbiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar — 87 nafar

🔹Huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar — 30 nafar

📝 O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3