Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔹Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova Mashad va Orolbo‘yi MFY hududlarida bo‘lib, mahalla raislari hamrohligida ta’mirga muhtoj xonadonlar holatini o‘rgandi

🔹O‘rganish jarayonida deputat hududdagi bir qator oilalarning yashash sharoiti, uy-joylarning texnik holati hamda mavjud muammolar bilan yaqindan tanishdi.
🔹Suhbatlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, kundalik hayotda duch kelinayotgan qiyinchiliklar hamda zarur ehtiyojlar tinglandi.
🔹Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ehtiyojmand oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish va xonadonlarni ta’mirlash masalalarida tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash zarurligi ta’kidlandi.
🔹Bunday o‘rganishlar hududlarda ijtimoiy muammolarni joyida aniqlash, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6