Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔹Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov Ipak yo‘li MFYda fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdi.

🔹Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan hududni obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda aholini qiynab kelayotgan ayrim muammolar yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi.
🔹Deputat fuqarolarning fikr va mulohazalarini diqqat bilan tinglab, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ta’kidladi.
🔹Shuningdek, muloqot jarayonida aholi bilan doimiy aloqada bo‘lish, ularning muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish va yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.
🔹Bunday uchrashuvlar fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqotni mustahkamlash, hududdagi dolzarb masalalarni joyida hal etish hamda aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6