Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT NAZORATIDA:

DEPUTAT NAZORATIDA: TUPROQ YO‘LLAR MUAMMOSI YECHIM KUTMOQDA 🔍

✅Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati G.Keldibekova tomonidan O'rmonchi mahallasi Yelkadosh ko'chasida yashovchi aholi tomonidan ko‘p yillardan buyon qiynab kelayotgan asosiy muammolardan biri — ichki yo‘llarning tuproq ekanligi edi. Ayniqsa, bahor-kuz mavsumidagi yog‘ingarchiliklar vaqtida bu ko‘chalarda harakatlanish piyodalar, maktab o‘quvchilari va avtotransport vositalari uchun katta qiyinchiliklarni tug‘dirib kelayotgan edi.

Ushbu masalani joyiga chiqqan holda o‘rgangan deputat mutasaddi tashkilotlarga rasmiy deputat so‘rovi yubordi. So‘rovda yo‘llarning hozirgi holati va aholi uchun yaratilishi lozim bo‘lgan sharoitlar aniq dalillar bilan ko‘rsatib o‘tildi.

 ✅Xalq vakili sifatidagi bu kabi nazorat tadbirlari — mas’ul tashkilotlarning mas’uliyatini oshirish va muammoning qog‘ozda qolib ketmasligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3