Yangiliklar

RENOVATSIYA LOYIHALARI DOIRASIDAGI QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI

 RENOVATSIYA LOYIHALARI DOIRASIDAGI QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyat mudiri R.Nodirov, deputatlar
B.Abdurahimov, A.Mo‘minov, Sh.Jo‘rayev, Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat
guruhi a’zosi M.To‘xtasinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Fozilovlar
tomonidan tumanda ma’nan eskirgan ikki qavatli uylar o‘rnida renovatsiya
asosida barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joylar qurilishi o‘rganildi.
 

O‘rganish jarayonida qurilish obyektlarining pasportlari va loyiha
hujjatlari bilan tanishilib, ishlarning tasdiqlangan loyiha asosida olib
borilishi hamda qurilish sifati tahlil qilindi. Shuningdek, belgilangan
qurilish me’yorlariga rioya etilishi va kelgusida aholi uchun zamonaviy, qulay
turar joylar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
  

Slide 1 of 4