Yangiliklar

Mahallada kiberxavfsizlik targ‘iboti bo‘yicha ishlar tahlil qilindi

 O‘rganish davomida fuqarolarning internet tarmog‘idagi firibgarliklar, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va kiberxavflardan ogoh bo‘lish borasidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, aholi o‘rtasida kiberjinoyatlarning oldini olish, shubhali havolalar va firibgarlik holatlaridan ehtiyot bo‘lish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1