#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Obod yurt” mahallasidagi infratuzilma holati tahlil qilindi
Bandixon tumanida aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, hududiy infratuzilma muammolariga tezkor yechim topish hamda Oliy Majlis Senatining 24 ta muhim tavsiyasi ijrosini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati choralari ko‘rilmoqda.
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 12-“Obod yurt” saylov okrugi deputati N.Allamuratova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar “Obod yurt” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldilar.
Monitoring davomida maxsus savolnomalar asosida fuqarolarning murojaatlari, ichki yo‘llar, kommunal ta’minot va hududiy infratuzilmaning umumiy ahvoli ko‘rib chiqildi.
O‘rganish natijasida aniqlangan mavjud muammolarni bartaraf etish va hududda qulay sharoitlar yaratish yuzasidan soha mutasaddilariga deputatlik so‘rovlari kiritilishi hamda ijro jarayoni Kengash nazoratida bo‘lishi belgilandi.