21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami hamda oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan “Til – millat koʻzgusi, maʼnaviyat beshigi” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
🇺🇿Tadbirda tuman hokimining maslahatchisi O.Norimova, xalq deputatlar Pastdarg'om tumani Kengashi kotibiyat mudiri F.Xolmuratova, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati G.Mustafoyeva, tumanning ijodkor-shoirlari, korxona va tashkilotlarning maʼnaviyat boʻyicha masʼul xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
🔎Ushbu quvonchli sana munosabati bilan soʻzga chiqqanlar oʻzbek tilining dunyo tillari orasidagi oʻrni va nufuzi, uning nufuzini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar xususida alohida toʻxtalib oʻtdilar.
✅Shuningdek, bayram dasturi davomida namoyish etilgan maʼrifiy videoroliklar barchani chuqur mulohaza yuritishga chorladi.
✍️Tumanning taniqli sanʼatkorlari hamda isteʼdodli yoshlarining badiiy chiqishlari esa yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat va oʻzgacha shukuh ulashdi.
✅Tumanda ushbu kun munosabati bilan bayram tadbirlari va maʼrifiy uchrashuvlar davom etadi.