Yangiliklar

XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA FAOLLIGI E’TIBOR MARKAZIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Uvaysiy mahallasida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi ham o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

Xususan, mehnat qilish istagida bo‘lgan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning daromad manbalarini shakllantirish va oilalar farovonligini oshirish borasida mahalla mas’ullari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish hamda aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rishdan iborat.

Slide 1 of 3