Yangiliklar

Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat T.Mirsidiqovga biriktirilgan kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan tumanning “Novobod” mahallasidagi 36-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, isitish tizimining texnik ahvoli hamda yoqilg‘i zaxirasining saqlanishi o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida ta’lim muassasasida qish mavsumida o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun qulay sharoit yaratish, sinfxonalarni yetarli darajada isitish hamda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Maktabdagi issiqlik tizimi va qozonxonaning holati ko‘zdan kechirilganda, ularning soz holatda ekani aniqlandi. Shuningdek, kuz-qish mavsumida foydalanish uchun zarur ko‘mir zaxirasi yaratilgani qayd etildi.

🔵Shu bilan birga, o‘rganish davomida ko‘mir mahsulotini saqlash sharoitida ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Xususan, ko‘mir ochiq joyda, atrofi to‘silmagan hududda saqlanmoqda. Bu holat yoqilg‘i zaxirasini saqlashni to‘g‘ri tashkil etish, uning butligini ta’minlash va hududda xavfsizlik talablariga rioya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi.

🔵Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini to‘liq ta’minlash uchun ko‘mir saqlanadigan hududni tartibga keltirish, uning atrofini to‘sish, yoqilg‘ini tashqi ta’sirlardan himoyalangan sharoitda saqlash hamda xavfsizlik talablariga rioya etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4