Yangiliklar

DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOTLAR HAMKORLIGI

 DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOTLAR HAMKORLIGI
🤝 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Ijtimoiy soha masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, deputat X. Turdiyev tomonidan biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish doirasida tumandagi Ma’naviyat va Nuroniylar tashkilotlari faoliyati bilan tanishildi.
🔎 O‘rganish davomida mazkur tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, yoshlar tarbiyasi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda nuroniylarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga qaratilgan ishlar bilan tanishildi.
🏛 Shuningdek, tashkilotlar va deputatlik korpusi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, mavjud tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ Maqsad — doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish, amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish hamda hududda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada yaxshilashga ko‘maklashish.

Slide 1 of 1