Yangiliklar

BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati X. Davletov tomonidan 3-son oilaviy poliklinikada aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

 O‘rganish davomida bepul dori vositalarining mavjudligi, ularni aholiga belgilangan tartibda yetkazib berish hamda fuqarolarning dori-darmon bilan ta’minlanish holatiga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishdan iborat. 

Slide 1 of 3