IJTIMOIY DORIXONALAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati, 29-Galatut saylov okrugi vakili M. Kazakov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi 334-son qarori ijrosi yuzasidan tumandagi dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida ijtimoiy dorixonalar faoliyatini tashkil etish, aholini zarur dori vositalari bilan ta’minlash hamda belgilangan tartib-taomillarga rioya etilishi masalalariga e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — qaror ijrosini joylarda o‘rganish, dorixonalar faoliyatidagi mavjud masalalarni aniqlash hamda aholiga dori vositalarini yetkazib berish bilan bog‘liq jarayonlarning belgilangan talablar asosida tashkil etilishiga ko‘maklashishdan iborat.