Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Paxtakor" mahallasida gaz ta’minoti va aholi muammolari xonadonbay o‘rganildi
Bandixon tumanida aholining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, yoqilg‘i resurslari bilan ta’minlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini nazorat qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi raisi E.N.Jurayev boshchiligidagi ishchi guruh "Paxtakor" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, xonadonbay o‘rganish ishlarini o‘tkazdi. Tashrif davomida aholiga suyiltirilgan gaz balonlarini grafik asosida yetkazib berish, billing tizimining ishlashi hamda xonadonlarda xavfsizlik choralariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi.
Muloqotlar davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar ro‘yxatga olinib, ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish choralari belgilandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan soha mutasaddilariga tegishli vazifalar yuklatilib, ijrosi Kengash nazoratiga olindi.