Yangiliklar

DЕPUTAT SO‘ROVI NATIJA BЕRDI: MUAMMO YECHIMI TOPDI!

 DЕPUTAT SO‘ROVI NATIJA BЕRDI: MUAMMO YECHIMI TOPDI!

📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 23-Nayman saylov okrugi deputati S. Nurmamatova tomonidan aholi murojaatlari asosida ko‘tarilgan maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.

🤝 Deputatning aholi bilan muloqoti va deputatlik so‘rovi ijrosi natijasida muammo yuzasidan tegishli choralar ko‘rilib, ko‘chaga chiqindi tashuvchi maxsus avtomashina kelishi ta’minlandi.

✅ Bu kabi amaliy ishlar aholi murojaatlariga befarq bo‘lmaslik, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga erishishda deputatlik nazoratining muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

Slide 1 of 1