Yangiliklar

SЕSSIYA OLDIDAN MUROJAATLAR TAHLILI O‘RGANILMOQDA

SЕSSIYA OLDIDAN MUROJAATLAR TAHLILI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 23-Nayman saylov okrugi deputati S. Nurmamatova navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan Xalq qabulxonasining aholi murojaatlari bilan ishlash holati to‘g‘risidagi axborotidan kelib chiqib, o‘z saylov okrugidagi murojaatlar tahlilini o‘rgandi.

🔎 O‘rganish davomida aholidan kelib tushgan murojaatlarning mazmun-mohiyati, ko‘tarilayotgan muammolar, ularning hal etilish holati hamda takroriy murojaatlarning kelib chiqish sabablariga e’tibor qaratildi.

🤝 Shuningdek, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni mahallabay o‘rganish, tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning yechimini topish va murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan vazifalar belgilash muhimligi qayd etildi.

✅ Deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishi — aholi murojaatlarini chuqur tahlil qilish, muammolar sabablarini aniqlash va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rishdir.

Slide 1 of 2