#Deputat_faoliyati
✅Zangiota tumani Kengashi deputati A.Shapovalov tomonidan “Bog‘zor” mahallasida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida:
boshqaruv kompaniyalari faoliyatining samaradorligi;
ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’yezdlari) va yerto‘lalarining holati;
uylar atrofidagi hududlarning tozaligi va obodonligi;
hududlarning yoritilishi;
kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va isitish tizimlarining holati
ko‘zdan kechirildi.
✅Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, kamchiliklarni bartaraf etish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.