Yangiliklar

Kengash_faoliyati

SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILISHI REJALASHTIRILAYOTGAN MASALALAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI

Bandixon tumanida aholi bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirish, murojaatlar bilan ishlashda sifat va tezkorlikni ta’minlash hamda Prezident Farmonlari ijrosini nazorat qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati N.Allamuratova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tuman Xalq qabulxonasida bo‘lib, o‘rganish o‘tkazdilar. Monitoring jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–51-sonli Farmoni talablari doirasida tashkil etildi.

Tashrif davomida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari, ijro etish sifati va qonunchilikka rioya qilinishi holatlari atroflicha tahlil qilindi. O‘rganish natijalari asosida tayyorlangan takliflar tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi va deputatlar tomonidan muhokama qilinishi belgilandi.

Slide 1 of 1