Yangiliklar

Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda

#kengash_raisi #24_ta_muhim_masala #deputat_tashabbusi
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi raisi B.Axmadjonov tomonidan Kengashning tegishli qaroriga asosan Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Pastki Archa mahallasi Bozorboshi ko‘chasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida hudud aholisini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur yo‘nalishda deputat tashabbusi bilan 250 kVA quvvatga ega yangi transformator punkti ajratilib, ayni paytda uni o‘rnatish va ishga tushirishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Mazkur loyiha hududdagi mavjud elektr ta’minoti imkoniyatlarini kengaytirish, tarmoqdagi yuklamani kamaytirish hamda aholi uchun elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
✅ Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 4