Yangiliklar

🟦 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Kariyev tomonidan Komiljon Otaniyozov mahallasining Temiryo‘lobod ko‘chasida yashovchi, Kambag‘allik reyestriga kiritilgan fuqaro S. Z.ning xonadoni o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida fuqaroning ijtimoiy va maishiy sharoiti, mavjud muammolari hamda oilani qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.
🔹 Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, oilaning turmush sharoitini yaxshilash va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amaliy choralarni belgilash masalalariga e’tibor qaratildi.
📌 Maqsad — aholi muammolarini manzilli o‘rganish, ijtimoiy ko‘makni kuchaytirish va oilalarning farovonligini ta’minlash.