Yangiliklar

🟦 DEPUTATLIK MONITORINGI: MABLAG‘LARDAN MAQSADLI FOYDALANISH NAZORATDA

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 1-Komiljon Otaniyozov saylov okrugidan saylangan deputati Kariyev Mansur Omongaldiyevich tomonidan deputatlik monitoringi o‘tkazildi.
🔹 Monitoring davomida Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining tegishli qarori ijrosi holati o‘rganildi.
🔹 Jumladan, “og‘ir” toifadagi mahallalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida respublika budjetidan ajratilgan mablag‘larning belgilangan yo‘nalishlarda maqsadli, samarali va oqilona sarflanishi yuzasidan tahliliy o‘rganish olib borildi.
🔹 Ajratilgan mablag‘larning hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilayotgani monitoring qilindi.
📌 Maqsad: budjet mablag‘laridan samarali foydalanilishini ta’minlash.