#24_ta_masala
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Obod yurt" mahallasida aholi murojaatlari xonadonbay o‘rganildi
✅Bandixon tumanida aholi turmush farovonligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini tinglash hamda joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga amaliy yechim topish borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.
✅alq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev, hamda kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulovlar tuman Kengashning 12-“Obod yurt” saylov okrugi deputati N.Allamuratova okrugiga qarashli "Obod yurt" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldilar.
✅Tashrif davomida aholining yashash sharoitlari, bandlik, ijtimoiy ko‘mak hamda ichki yo‘llar va kommunal-infratuzilma bilan bog‘liq masalalar xonadonbay tahlil qilindi.
✅Muloqotlar chog‘ida bildirilgan barcha murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularni mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar nomiga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va ijrosi Kengash tomonidan nazorat qilib borilishi belgilandi.