Yangiliklar

🟦 MAKTABLARDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRLARI

⚖️ “Madad” NNT Huquqiy maslahat byurosi mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
📚 Tadbirlar davomida o‘quvchilarga huquq va majburiyatlari, voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda qonunlarga rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
🤝 O‘quvchilarning huquqiy savollariga mutaxassislar tomonidan amaliy maslahatlar berilmoqda.