35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Shahar 3-son bolalar musiqa va san’at maktabida qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash holati yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida muassasaning amaldagi ustavi mavjudligi, unda belgilangan vazifalarning ijrosi, xodimlar o‘rtasida vazifalar taqsimotining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani hamda o‘quv dasturlarining amaldagi talablar asosida tashkil etilishi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ta’lim jarayonini belgilangan me’yorlar asosida tashkil etish, o‘quv dasturlarining mazmuni va ijrosini ta’minlash, pedagog xodimlarning vazifalarini aniq belgilash hamda hujjatlarni tegishli tartibda yuritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etish va ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1