#kengash_raisi
#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Polvontosh" mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
✅Bandixon tumanida mahallalarni kompleks rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash hamda joylardagi islohotlar ijrosini ta’minlash borasida tizimli nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi E.N.Jurayev, 5-Polvontosh saylov okrugi deputati O.Jumayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Polvontosh" mahallasida bo‘ldilar.
✅Tashrif davomida mahalla raisi tomonidan hududni obodonlashtirish, ichki yo‘llar va kommunal tarmoqlarni yaxshilash, "Mahalla yettiligi" faoliyatini muvofiqlashtirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
✅Tahliliy muhokamalar yakunida mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini yanada jadallashtirish, aholining murojaatlarini tezkor hal etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.