Tuman Kengashi deputati M.Omonliqov tomonidan Qangli mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan manzilli o‘rganish olib borildi.
O‘rganish doirasida mahalla yettiligi tomonidan tashkil etilgan fuqarolar qabulida ishtirok etilib, aholining murojaatlarini qabul qilish, ularni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish, o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimini ta’minlash jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonuniylik, xolislik, murojaatlarning o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishi, murojaatchiga asoslantirilgan javob berilishi hamda nazoratga olingan masalalar ijrosini ta’minlash kabi muhim jihatlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.