35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Aholi ijtimoiy farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va oilalar uchun barqaror daromad manbalarini yaratishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Shu yo‘nalishdagi navbatdagi o‘rganish 5-Do‘stlik saylov okrugi deputati, shahar hokimi E.Rustamov tomonidan “Ipak yo‘li” mahallasida olib borildi.

O‘rganish davomida xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, bandligi, daromad manbalari va mavjud muammolari tahlil qilindi. Kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularni kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha individual chora-tadbirlar belgilandi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, fuqarolarni ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4