35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Zevar" mahallasida xotin-qizlar faoli ish faoliyati o‘rganildi

Bandixon tumanida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning qonuniy manfaatlarini kafolatlash hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlarining mahallalardagi ijrosini monitoring qilish borasida tizimli deputatlik nazorati o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 10-Xo'jayipok saylov okrugidan saylangan deputat M.Omonullayevga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Zevar" MFYga tashrif buyurib, xotin-qizlar faoli ish faoliyati o‘rganildi.

Tashrif davomida “Deputat faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” hamda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi (O‘RQ–561), “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi (O‘RQ–562) va “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonunlari talablaridan kelib chiqib tuzilgan savolnomalar asosida Mahalla xotin-qizlar faolining faoliyati tahlil qilindi.

Monitoring jarayonida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati atroflicha ko‘rib chiqilib, mas’ullarga faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 2