#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#162_qonun
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Qaldirg‘och" mahallasida Mahalla bankiri faoliyati o‘rganildi
Bandixon tumanida mahallalarning moliyaviy-iqtisodiy salohiyatini oshirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kredit va moliyaviy xizmatlarning manzilliligini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 16-"Qaldirg‘och" saylov okrugi deputati D.Qudratovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Qaldirg‘och" MFYda bo‘lib, Mahalla bankirining ish faoliyatini tahlil qildi.
Tashrif davomida mahallada oilaviy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish, aholiga ajratilgan imtiyozli kreditlarning samaradorligi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunida kredit mablag‘larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash va aholiga qulay bank xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.