#Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko'p qavatli uylar ichki yo'laklari (podezdlari), yerto'lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati o'rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘rta Chirchiq tuman Kengashi raisi M.Umarovalar tomonidan hududdagi ko'p qavatli uylarning holati o'rganildi.
🔷O‘rganish jarayonida yerto‘lalarning sanitariya-gigiyena holati, muhandislik kommunikatsiyalari, jumladan, suv va kanalizatsiya tizimlarining ishlash darajasi, shuningdek, yerto‘lalardan maqsadli foydalanish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
🔷O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlar va uy-joy mulkdorlari shirkatlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yerto‘lalarni tartibga keltirish hamda ularning doimiy nazoratini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!